Central Asian University (CAU) mintaqada oliy ta’lim va sog‘liqni saqlashni takomillashtirish uchun keng ko‘lamli kengaytirish loyihasini e’lon qildi.
Tibbiyot va ta’lim kelajagiga sarmoyalar
Central Asian University o‘z kampusini kengaytirish uchun 250 million dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqda va uning maydonini hozirgi 10,3 gektardan 45 gektarga yetkazmoqda. Ushbu ulkan loyiha 30 dan ortiq tibbiyot yo‘nalishlarini qamrab oluvchi tibbiyot shaharchasini qurish, shuningdek, boshqa ta’lim va ilmiy-tadqiqot inshootlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Kengaytirish tibbiy ta’lim va amaliyot imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi, talabalarga ilg‘or bilim va texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Tibbiyot va ta’lim kelajagiga sarmoyalar
O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida 21,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish uchun xorijga ketgan. CAUning kengayishi ta’lim sohasida import o‘rnini bosish siyosatini amalga oshirishda strategik qadam bo‘lib, talabalarni mamlakat ichida eng yaxshi jahon usullari bo‘yicha o‘qitish va xorijiy talabalarni jalb qilish imkonini beradi. Bu ta’lim va tibbiyot sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga yordam beradi, O‘zbekistonning xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi va xorijiy fuqarolarga zamonaviy davolash va tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Tibbiyot shaharchasi va ta’lim muassasalari
Tibbiyot shaharchasi 400 o‘rinli, ilg‘or uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy xususiy klinikani o‘z ichiga oladi. Klinika bemorlarga qulay sharoitlarda yuqori sifatli davolashni ta’minlaydi va tajribali mutaxassislar rahbarligida talabalarning amaliy tayyorgarligi uchun asos bo‘ladi.
Majmua operatsiya xonalari, poliklinika, operatsiyadan keyingi palatalar va qabul bo‘limi bilan jihozlanadi. Tibbiyot sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish uchun alohida Tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
Majmuaga, shuningdek, akusherlik va ginekologik xizmatlarning to‘liq spektrini, shu jumladan homiladorlik davridagi tashxis va tug‘ruqdan keyingi parvarishni ta’minlaydigan tug‘ruqxona ham kiradi.
Majmuaga, shuningdek, akusherlik va ginekologik xizmatlarning to‘liq spektrini, shu jumladan homiladorlik davridagi tashxis va tug‘ruqdan keyingi parvarishni ta’minlaydigan tug‘ruqxona ham kiradi.
Loyiha doirasida 900 o‘rinli hamshiralik maktabi va 400 o‘rinli rezidenturani o‘z ichiga olgan 3000 o‘rinli yangi tibbiyot o‘quv binosi quriladi, bu esa malakali tibbiyot mutaxassislari sonini ko‘paytirish imkonini beradi. Universitetda zamonaviy laboratoriyalar va texnologik markazlar bilan jihozlangan 2500 o‘rinli klinikaga ega yangi stomatologiya maktabi va 1800 o‘rinli muhandislik maktabi ochiladi.
Qo‘shimcha ravishda, talabalar va o‘qituvchilarga keng ko‘lamli o‘quv materiallari va ilmiy adabiyotlardan foydalanish imkonini beruvchi, 30 000 nashrni saqlash quvvatiga ega 1000 o‘rinli fundamental kutubxona tashkil etiladi.
Innovatsion ekotizim va infratuzilma
Central Asian University ta’lim, tadqiqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun zamonaviy innovatsion ekotizimni shakllantirmoqda. Universitetda 25 ta startap-zona, hamkorlik maydoni, karyera va media-markazlar, shuningdek, konferensiya zallari va muzeydan iborat talabalar faolligi markazi — Student House tashkil etiladi.
1000 o‘rinli anjumanlar markazi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u xalqaro anjuman va seminarlar o‘tkaziladigan maydonga aylanadi. Talaba va o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida 1000 o‘rinli gimnaziya, 1000 o‘rinli yotoqxona va zamonaviy sport majmuasi barpo etiladi.
Tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun mentorlik yordami, biznesni rivojlantirish bo‘yicha treninglar va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini taqdim etuvchi startap tezlatkichlari tashkil etiladi. Universitet hududida favvoralar, hovuz, ochiq amfiteatr, kafe, restoran va mini-marketlar bilan yashil hududlar obodonlashtirilib, ta’lim va dam olish uchun qulay muhit yaratiladi.
Mintaqa va jamiyatga taʼsiri
CAUʼning kengayishi mintaqada tibbiyot va ta’lim rivojlanishining katalizatoriga aylanib, tibbiy xizmat sifatini oshiradi hamda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi. Kampusning kengayishi va yangi ta’lim hamda tibbiyot muassasalarining tashkil etilishi sog‘liqni saqlash sohasida o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.
Central Asian University rektori Kamran Gulamov shunday dedi:
"Bizning kengayishimiz oldinda bo‘lish va faqat eng yaxshisini taklif etish istagini aks ettiradi. Biz ta’lim va tibbiyotga yo‘naltirilgan sarmoyalar nafaqat universitetda, balki butun mintaqada ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishiga ishonamiz. Bizning vazifamiz — kelajak yetakchilari va novatorlarini tayyorlash, va ushbu loyiha bu maqsadga erishish yo‘lidagi muhim qadamdir."

Xalqaro hamkorlik va ta’lim sifati
Central Asian University o‘qitishning yuqori darajasini va ilg‘or ilmiy bilimlarga kirishni ta’minlash uchun eng yaxshi xalqaro mutaxassislarni faol jalb etmoqda. Universitet ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiy dasturlarni rivojlantirish maqsadida Germaniyaning yetakchi klinikalari bilan strategik hamkorlik o‘rnatgan. Bu hamkorlik CAUʼning mintaqadagi yetakchi ta’lim muassasasi sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi, talabalarga ilg‘or o‘qitish usullari va zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
AKFA Medline University Hospital bosh direktori Tursunqulov Azimjon Nazirjonovich quyidagilarni ta’kidladi:
"Central Asian University’ning kengayishi mintaqada tibbiy ta’lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun muhim qadam hisoblanadi. Loyiha nafaqat aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshiradi, balki talabalarga amaliy tayyorgarlik uchun noyob imkoniyatlarni ham taqdim etadi."

Central Asian University haqida
Central Asian University (CAU) — ta’limga innovatsion yondashuvlari va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiqligi bilan tanilgan O‘zbekistondagi birinchi xususiy universitet hisoblanadi. Universitet tibbiyot, axborot texnologiyalari, muhandislik, biotibbiyot texnologiyalari, biznes, mehmondo‘stlik va turizm kabi jadal rivojlanayotgan sohalarda bo‘lajak yetakchilarni tayyorlamoqda.
Eng yirik xoldinglardan biri - AKFA Group tarkibiga kirishi CAUʼga rivojlanish uchun keng resurslar va imkoniyatlardan foydalanish imkonini taqdim etadi hamda universitetga ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash imkoniyatini yaratadi